O‘zbekiston | 14:30 / 26.04.2019
44014
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston suv omborlariga aprel yomg‘irlari qanday ta'sir qildi?
Xalqaro Press klubning qishloq xo‘jaligiga oid navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA yozyapti.
"O‘zbekistondagi suv omborlarida 12 milliard 400 million kub miqdorida suv mavjud bo‘lib, ularning 2 milliard kubi ushbu aprel oyidagi yomg‘irlar hisobiga to‘ldirildi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan ikki barobar ko‘p degani”, dedi sessiyada so‘z olgan respublika suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Ravshan Mamutov.
R. Mamutovning aytishicha, joriy yil yirik suv omborlaridan biri bo‘lgan Chorvoq suv omborida suv miqdori 1 mlrd kubdan oshgan, iyun oyining birinchi o‘n kunligiga qadar suv miqdori 1 mlrd 700 mln kubga chiqishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
10:16 / 06.11.2024
O‘zbekistonda suv omborlari to‘g‘onlari siljishi kosmik nazoratga olinadi
14:00 / 28.10.2024
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati ko‘tariladi
21:35 / 09.10.2024