Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 10:38 / 27.04.2019
5589
1 daqiqa o‘qiladi
Qashqadaryodagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi
2019 yil 21 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida yashagan T.K. uyida uxlab yotgan vaqtida ustidagi ko‘rpasi elektr isitish pechiga tegib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, buning oqibatida yong‘in chiqishi natijasida u kuyish jarohatini olgan va tutundan zaharlanib, voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish