Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orolda Qizil kitobga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar tabiatga qo‘yib yuborildi
Foto: O‘zA
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda Falcon Hunting Solutions kompaniyasi tomonidan «Orolga hayot qaytmoqda» shiori ostida yo‘rg‘a tuvaloqlar Mo‘ynoq hamda Qo‘ng‘irot tumanlarida tabiatga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tabiat qo‘yniga 1000 bosh qush uchirma qilingan bo‘lib, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan International fund for houbara conservation markazida ko‘paytirilgan.
Joriy yil mart oyida ham 2382 bosh yo‘rg‘a tuvaloq Qizilqum cho‘li yalangliklariga qo‘yib yuborilgan edi.
Ma'lumot uchun, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009 yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025