Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu faoliyatidagi yubiley golini urdi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya A Seriyasining 34-turida «Inter»ga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtiruvchi golni urdi (1:1).
Gracenote Live tvitterida yozilishicha, bu gol 34 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun klublardagi faoliyati davomidagi yubiley - 600-gol bo‘ldi. Shundan 5ta golni Ronaldu Lissabonning «Sporting» klubida, 118ta golni «Manchester Yunayted»da, 450ta golni esa «Real» safida urgandi. U «Yuventus»da 27 marta raqib darvozalarini ishg‘ol etishga ulgurdi.
Ronaldu «Yuventus»ga o‘tgan yilning yozida «Real»dan kelgandi. Uning transfer qiymati 100 mln yevro atrofida bo‘lgandi. Turinliklar jamoasi joriy mavsumda muddatidan ilgari Italiya chempioni bo‘lishga erishdi (ayni vaqtda jamoa 88 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, lekin jamoa Chempionlar ligasini chorakfinalda «Ayaks»ga yutqazib tark etdi.
Mavzuga oid
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026
JChda 10-kun. Germaniyada kambek, Kyurasaoda sensatsiya, portugallar lagerida mojaro
12:37 / 18.06.2026