Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV avtobus ishtirokidagi YTH bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 29 aprel kuni soat 02:00larda O‘rta Chirchiq tumani hududidan o‘tuvchi 4R20 avtomobil yo‘lining 6-km.da Buxoro shahridan ziyoratdan qaytayotgan, salonida 53 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan «Mersedes» rusumli avtobusning baloni yorilib ketgan.
Buning oqibatida haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa borib urilib ag‘darilib ketgan. Natijada, avtobus yonishni boshlagan. Yo‘lovchilar avtobusdan zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
FVV tomonidan berilgan qo‘shimcha ma'lumotlarga asosan, 2 nafar fuqaro O‘rta Chirchiq tumani shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ularning salomatligiga jiddiy zarar yetmagani bois uyiga javob berilgan.
Hozirgi vaqtda, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazida 5 nafar fuqaro shifokorlar nazorati ostida.
Ularga barcha zarur bo‘lgan choralar ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026