Jahon | 07:33 / 30.04.2019
3326
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada jinoyatchilar qo‘lidan 60 muhojir ozod etildi

Foto: Global Look Press / Adolphe Pierre-Louis

Meksikaning Verakrus shtatida politsiya jinoyatchilar qo‘lidan Markaziy Amerika davlatlaridan bo‘lgan 60 muhojirni, jumladan 22 bolani ozod etdi.   

Ma'lum qilinishicha, muhojirlar 4 ta mashinada 6 meksikalik tomonidan noqonuniy olib ketilayotgan bo‘lgan. 
 
Markaziy amerikalik muhojirlar 2018 yil kuzidan beri Meksika hududi orqali AQSh tomon harakatlanmoqda. Ulardan ko‘pchiligi yo‘lda jinoyatchilar va narkokartellar qo‘liga tushib qoladi. Huquq himoyachilari ma'lumotlariga ko‘ra, Meksikada yiliga 20 mingga yaqin noqonuniy muhojir odam savdosi yoki evaz puli olish maqsadida o‘g‘irlanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid