Jamiyat | 22:31 / 30.04.2019
14840
2 daqiqa o‘qiladi

MIB «O‘zbekenergo»dan 10 mln. AQSh dollaridan ziyod mablag‘ undirdi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituvida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2018 yil 14 dekabrdagi 4-1001-18-14/2519-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdorlar «O‘zbekenergo»dan undiruvchi ATB «O‘zsanoatqurilishbank» foydasiga jami 10.205.519 AQSh dollari undirish to‘g‘risidagi 2019 yil 17 yanvarda kelib tushgan 1327/23-sonli ijro hujjati mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi «Sud xujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunning 23-moddasiga asosan 2019 yil 17 yanvar kuni ijro ishi yurituvini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

Qarzdor tashkilotga mazkur ijro hujjati ijrosini ta'minlash uchun ixtiyoriy 10 kunlik muddat berilgan, biroq qarzdor tomonidan ijro hujjatida ko‘rsatilgan talablar bajarilmagan.

Natijada majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor «O‘zbekenergo»ning qarzdorning so‘mdagi pul mablag‘lariga qaratish xaqida 2019 yil 6 fevralda qaror qabul qilinib ijro qilishlik uchun tegishli bank filialiga yuborilgan.

Majburiy ijro xarakatlari davomida 2019 yil 26 aprel kuni qarzdor «O‘zbekenergo» AJdan jami 10 088 909,54 AQSh dollari (85 251 965 500 so‘m) undirilgan.

Mavzuga oid