Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ikki tumanda elektr energiyasi ta'minotida uzilish bo‘ladi
2019 yil 1 may, chorshanba kuni soat 07:00 dan 17:00 gacha Toshkent shahrining ikki tumani hududida vaqtinchalikka elektr energiyasi o‘chiriladi.
Toshkent shahar Elektr tarmoqlari korxonasi xabariga ko‘ra, Toshkent issiqlik elektr stansiyasidan (TashGRES) chiquvchi L-DOK-1,2-110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida qulash xavfi mavjud tayanchlar almashtirilishi munosabati bilan Yunusobod va Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasidan uzilishlar kuzatiladi.
Yunusobod tumanida: 5, 6, 7, 9 dahalarda va “Hasanboy” mahallasida;
Olmazor tumanida: Ahil, Yangi Toshkent, Oltinsoy, Qichqiriq, Moyqo‘rg‘on, G.G‘ofurov, Paxta, Ibrohim ota mahallalarida hamda “DOK” podstansiyasiga ulangan korxona va tashkilotlarda elektr energiyasi ta'minotida uzilish bo‘ladi.
Shuningdek, 4-Toshkent Issiqlik markazi, “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJga qarashli Chuqursoy podstansiyalarida ham elektr energiyasidan uzilishlar kuzatiladi.
“Keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026