Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasining yangi boshlig‘i tayinlandi.
IIBB ma'lumotiga ko‘ra, ushbu lavozimni polkovnik Alimov Zafar Qodirjonovich egallagan.

Alimov 1976 yilda Toshkent viloyatining Toshkent tumanida tug‘ilgan. 1994—1998 yillarda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akedemiyasida tahsil olgan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1998 yilda Toshkent viloyati IIBBning Qibray tumani bo‘limida tergov bo‘limida tergovchi sifatida boshlagan. 2001—2010 yillarda Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida katta tergovchi sifatida ishlagan.
U 2010—2013 yillarda Toshkent IIBB Tergov boshqarmasida boshliq o‘rinbosari, keyin bo‘lim boshlig‘i bo‘lgan, 2015 yildan 2015 yilga qadar Yakkasaroy tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlagan.
U 2015 yildan buyon Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:01 / 30.11.2025
Samarqandda furalarni yoqib yuborganlar qamoqqa olindi
09:36 / 28.11.2025
Andijonda profilaktika inspektori mashinasida urib ketganlardan biri shifoxonada vafot etdi
10:44 / 27.11.2025
Jizzaxda IIB xodimi bedarak yo‘qoldi. Prokuratura unga ish qo‘zg‘agan
14:43 / 26.11.2025