«Chelsi» 2019/20 mavsumi uy o‘yinlari uchun libosini taqdim etdi
«Chelsi» kelasi mavsum o‘z maydonidagi o‘yinlarda foydalanadigan ekipirovkasi dizaynini namoyish qildi.
Libos Nike kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan bo‘lib, an'anaviy ko‘k rangdagi futbolkaning old qismiga klubning uy o‘yingohi – «Stemford Brij»ni anglatuvchi fragment tushirilgan. Uning ichki tomonida klub logotipidagi sher tasviri va «Pride of London» («London iftixori») yozuvi tushirilgan.
Futbolkani taqdim etish uchun fotosessiyada jamoa a'zolaridan Eden Azar, Ngolo Kante va Itan Ampadu ham qatnashgan. Bunda Azarning asosiy o‘rin tutgani ayrim OAV tomonidan uning keyingi mavsumni ham «Chelsi»da o‘tkazishiga ishora sifatida talqin etmoqda. Eslatib o‘tamiz, Edenning yozda «Real»ga o‘tishi ehtimoli mavjud.
Mavzuga oid
10:26 / 02.09.2024
Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi
12:25 / 19.08.2024
«Real» mavsumni yo‘qotish bilan boshladi, «Siti» yarim kuch bilan g‘alabaga erishdi. Kun o‘yinlari
15:02 / 20.05.2024
Serlot «Real»ga 4 ta gol urdi, «Chelsi» ham yevrokubokda. Kun o‘yinlari
12:06 / 06.05.2024