Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda Turkiyadagi eng katta jome' masjidi ochiladi
3 may kuni Istanbulda juma namozi vaqtida yangi jome' masjidi Büyük Çamlıca Camisi ochilishi marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda turk OAVga iqtibos keltirgan holda Trend nashri ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, zamonaviy Turkiya tarixidagi eng katta hisoblanuvchi masjid ochilishida prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ishtirok etadi. Yangi jome' masjidi Istanbulning yangi ramzlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Bir vaqtda 63 ming kishi namoz o‘qiy oladigan masjid qurilishi 6 yil avval boshlangan.
Masjidning qurilishida raqamlarga ahamiyat berilgan. Jumladan, uning minoralari iymonning 6 rukni (ustuni) kabi 6 ta bo‘lib, ulardan 4 tasining balandligi 107 metrni, ikkitasiniki 90 metrni tashkil qiladi.
Masjid bosh gumbazining balandligi 72 metr. Bu Istanbulda yashovchi 72 millatni bildiradi. Ikkinchi gumbazi balandligi esa 34 metr – shaharning registratsiya raqami ham 34.


Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
15:36 / 07.04.2026
Istanbulda Isroil konsulxonasi oldida otishma ro‘y berdi
19:27 / 05.04.2026