Jahon | 21:22 / 04.05.2019
9779
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh toliblardan qurolsizlanishni so‘ramoqda

AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod "Tolibon" harakati qurollarini topshirishini so‘ramoqda, toliblar buni rad etishmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.

Avvalroq Qatar TIV 1 may kuni toliblar va AQSh delegatsiyasi Doha shahrida muzokaralar boshlaganini ma'lum qilgandi.

"Qurolli qarama-qarshilikdan barcha tomonlarning voz kechishi har qanday tinchlik jarayoni natijasidir. Bu natijaga erishish uchun barcha tomonlarning zo‘ravonlik darajasini kamaytirishga roziligi muhim qadam va ma'naviy mas'uliyat hisoblanadi", - deb yozdi Xalilzad Twitter’da.

Ammo avvalroq toliblar rasmiy vakili Zabiulla Mujohid Twitter’da Amerika maxsus vakili "Tolibon"ni qurolsizlantirish haqidagi fikrni unutishi kerakligini yozgandi.

"Tanazzulga uchraydigan strategiyalarni qaytarishni va turli natijalarni kutishni bas qiling, narsalarni o‘z nomi bilan atashga kuch toping", - deb murojaat qildi u Xalilzodga.

Qatar TIVning axborotiga ko‘ra, AQSh va "Tolibon" delegatsiyalari muzokaralarda tinchlik kelishuvining to‘rtta moddasini muhokama qilishlari lozim.

Mavzuga oid