Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jazoir sobiq prezidentining ukasi hibsga olingani xabar qilindi
Jazoir politsiyasi mamlakat sobiq prezidentining ukasi, davlat rahbari maslahatchisi lavozimida bo‘lgan Said Buteflika va ikki nafar generalni hibsga oldi, deb xabar qildi "An-Nahor" telekanali.
Telekanal manbalarining ma'lumot berishicha, sobiq prezidentning ukasi bilan birgalikda mamlakat razvedkasining sobiq boshlig‘i general Bashir Tartak va yana bir general Tavfiq Madin qo‘lga olingan. Ular avvalgi prezidentning yangi muddatga saylanishi bo‘yicha ovoz berishga qarshi xalq isyonini kuch bilan bostirishga buyruq berganlikda ayblanmoqda.
Jazoirda fevral oyida prezident Buteflikaning beshinchi marta prezidentlikka saylanish qaroridan so‘ng noroziliklar kuchaydi. Bir necha haftalik ommaviy namoyishlardan so‘ng Buteflika 2 aprel kuni iste'foga chiqdi.
Aprel oyi oxirlarida mamlakatning qator sobiq amaldorlari korrupsiya ishi bo‘yicha sudga chaqirildi.
Mavzuga oid
23:22 / 25.12.2025
Jazoir fransuz mustamlakasini jinoyat deb e’lon qildi
20:56 / 11.06.2025
Shimoliy Afrikadan G‘azoga birdamlik karvoni yo‘lga chiqdi
23:02 / 12.05.2025
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
11:30 / 16.04.2025