Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APLni tark etgan uchinchi jamoa nomi ham ma'lum bo‘ldi
Angliya premer-ligasining 37-turida «Kardiff» «Kristal Pelas»ni qabul qilib, 2:3 hisobida yutqazdi.
Bu natijadan keyin Uels jamoasi chempionshipga tushib ketdi. Ayni vaqtda jamoa 31 ochko bilan 18-o‘rinda va oxirgi tur natijalaridan qat'i nazar 17-o‘rindagi «Brayton»ga (36 turda 35 ochko) yeta olmaydi.
Shu tariqa, joriy mavsumda APLni tark etgan barcha uch jamoa nomi ma'lum bo‘ldi: bungacha «Haddersfild» va «Fulhem» keyingi mavsumni chempionshipda o‘tkazishi ma'lum bo‘lgandi.

Ayni vaqtda chempionshipdan APLga chiqqan ikki jamoa nomi ma'lum bo‘lib ulgurgan: «Norvich» va «Sheffild Yunayted». Uchinchi yo‘llanma uchun «Lids», «Vest Bromvich», «Aston Villa» va «Derbi Kaunti» klublari kurash olib borishadi.
Qayd etish kerakki, «Kardiff» keyingi uch mavsum davomida APLni «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvdan keyin tark etgan to‘rtinchi jamoa bo‘ldi. Bungacha «Pelas» joriy mavsumda «Haddersfild»ni quyi ligaga tushirib yuborgandi. O‘tgan mavsumda esa «burgutlar» bilan uchrashuvdan keyin APLni «Stok Siti» tark etgandi, 2016/17 yilgi mavsumda esa «Hall»ni londonliklar APLdan tushirib yuborishgan.
Mavzuga oid
01:52 / 23.12.2018
APL. "Manchester Yunayted" Mourino iste'fosidan keyingi ilk o‘yinda 5ta gol urdi
08:15 / 08.10.2018
Uels poytaxtidagi yarimmarafonning marra chizig‘ida 2 ishtirokchi hayotdan ko‘z yumdi
08:10 / 29.10.2017
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua navbatdagi jangida zafar quchdi
15:26 / 02.07.2017