«Real» hujumçisi Garet Beylni Kardiffda golf böyiça xayriya turniri vaqtida jurnalistlar savolga tutişdi. Futbolçi ayni damda faqat ta'til bilan bandligi, yangi mavsum haqida öylamayotgani haqida aytib ötgan.
Uelslik futbolçidan Madrid klubidagi jamoadoşi Kriştianu Ronaldu bilan boğliq vaziyat haqida söraşgan.
«Albatta, yakunlangan mavsum a'lo darajada ötdi. Yangi mavsumda ham bu muvaffaqiyatlarni takrorlaşni istaymiz. Ammo biz hozir Kardiffda turibmiz, ta'til, dam oliş. Xayriya işlari bilan şuğullanayapmiz.
Kriştianu Ronaldumi? Meni keçiring, ketişim kerak», degan AS muxbiriga.
Ötgan oy davomida portugaliyalik futbolçi Madrid klubini tark etişga qaror qilgani muhokamalar markazida böldi. Keyinroq jamoa prezidenti Florentino Peres u qolişiga işonç bildirdi.












