Uels poytaxti Kardiffda ötgan yarimmarafon vaqtida 2 iştirokçi marra çiziğida hayotdan köz yumdi.
Yuguruvçilar 21 kmlik masofani bosib ötib, marra çiziğini kesib ötgaç yiqilib tuşganlar. Ularga voqea joyida yordam körsatilib, söngra şifoxonaga olib ketilganlar. Biroq şifokorlar marafon iştirokçilari ölganlarini qayd qilişgan.
Ikkala holatda ham yurak töxtatişi sabab bölgan. Vafot etganlardan biri 30 yoşda, ikkinçisi esa 40 yoşdan kattaroq bölgan.
Musobaqa taşkilotçilarining ta'kidlaşlariça, bunday baxtsiz voqea musobaqalarning 15 yillik tarixida ilk marta yuz berdi.












