Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilning G‘azo sektoriga zarbalari oqibatida 18 falastinlik halok bo‘ldi
Foto: REUTERS / Suhaib Salem
Oxirgi ikki kun ichida Isroilning G‘azo sektoriga zarbalar berishi oqibatida 18 falastinlik, jumladan ikki ayol halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Ashraf al-Qidraga iqtibos keltirgan holda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.
Shuningdek, 110 kishi yaralangan.
Isroilliklar G‘azodan 4 va 5 may kunlari otilgan 600 ta raketaga javoban u yerdagi 250 dan ko‘proq harbiy obektga zarba bergan. Isroilning o‘qqa tutilishi oqibatida esa 3 kishi halok bo‘lgan.
Vaziyat keskinlashgani sababli Isroilning janubiy tumanlari aholisi uchun maxsus cheklovlar joriy qilingan. Jumladan, bu hududlarda ommaviy tadbirlarni yopiq inshootlarda o‘tkazishga ruxsat berilgan, ishtirokchilar soni 300 dan oshmasligi lozim. Maktab o‘quvchilari uchun barcha tadbirlar bekor qilingan. Issiqxonalar va dalalarda ishlashga taqiqlov kiritilgan. Raketa hujumidan himoyalangan xonalari bor bo‘lgan korxonalar va sexlarga ishlashga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
09:30 / 16.05.2026
Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh 45 kunga uzaytirildi
16:38 / 14.05.2026
Isroil Netanyahu BAAga maxfiy tashrif buyurganini aytdi. BAA rad qildi
16:39 / 11.05.2026
«Isroil AQSh harbiy yordamiga qaramlikni to‘xtatishni istaydi» – Netanyahu
14:52 / 10.05.2026