Jamiyat | 20:53 / 05.05.2019
23727
2 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ barchani muqaddas oy – Ramazon kirib kelgani bilan muborakbod etadi!

Sezyapsizmi, bugun havoning tarovati o‘zgacha...

Sezyapsizmi, bugun yurtdoshlarimizning, o‘zbekistonlik mo‘'min-musulmonlarning tadorigi boshqacha...

Bugun fazilatli oy – Ramazon kirib keldi. Bu oyni o‘zbekistonlik mo‘'min-musulmonlar ham o‘zgacha shukuh va xursandchilik bilan o‘tkazishadi. Masjidlarimizda Qur'on tilovatlari bo‘ladi, ezgulik va saxovat ila yordamga muhtoj kishilarga yordam ko‘rsatiladi. Bu oyda insonlarning bir-birlariga mehr-muruvvati juda ko‘p bo‘ladi.

Zero, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:
«Odam bolasining har bir yaxshi amaliga ortig‘i bilan mukofot beriladi. Bir yaxshilikka o‘n barobardan to yetti yuz barobargacha savob berilishi mumkin. Alloh aytadiki: illo, ro‘za bundan mustasnodir. Chunki ro‘za Men uchun va unga O‘zim ajr beraman. Ro‘zador Meni deb shahvati va taomidan voz kechadi. Ro‘zadorga ikki marta shodlik bor. Biri iftorlik chog‘ida, ikkinchisi Robbisiga yo‘liqqan chog‘da...». (Buxoriy va Muslim), deb marhamat qilganlar.

Azizlar, kirib kelayotgan mana shunday ulug‘ kunlar, ulug‘ daqiqalar barchamizga qutlug‘ bo‘lsin. KUN.UZ tahririyati barcha mo‘'min-musulmonlarni muqaddas oy bo‘lmish – Ramazoni sharif bilan muborakbod etadi. Barchamizning har bir kunimiz xayrli, fazilatli va barokatli bo‘lsin!

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid