Jamiyat | 14:28 / 06.05.2019
5492
1 daqiqa o‘qiladi
Angrendan Toshkentga kelib o‘g‘rilik qilgan shaxs qo‘lga tushdi
Shu yil 18 yanvar kuni noma'lum shaxs Toshkent shahrining Chilonzor tumanida vaqtincha yashovchi S.M.ning uyiga shaxta orqali kirgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Bu shaxs yotoqxonadan 17.400.000 so‘m puli, 500 AQSh dollari va umumiy qiymati 30 mln. so‘mlik turli xildagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent viloyati Angren shahri 18-dahada yashovchi D.Ch. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:10 / 13.09.2024
“Qurilish ishlarini to‘xtatish bo‘yicha ogohlantirish xati yuborildi” – Chilonzordagi holatga munosabat bildirildi
16:34 / 13.09.2024
Britaniya IIV rahbari mamlakatdagi “o‘g‘rilik epidemiyasi” haqida nutq so‘zlayotganda uning hamyonini o‘g‘irlab ketishdi
15:59 / 13.09.2024
Toshkentda “kotlovan” sabab yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi
18:20 / 24.08.2024