Jahon | 18:55 / 06.05.2019
11475
2 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Harri va Megan Markl oilasida birinchi farzand dunyoga keldi

Britaniya shahzodasi Harri va uning rafiqasi, Sasseksk gersoginyasi Megan oilasida birinchi farzand tug‘ildi. Bu haqdagi xabar juftlikning Instagram-akkauntida paydo bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, oilada 6 may kuni o‘g‘il bola chaqaloq tug‘ilgan. Uning vazni 3,3 kilogrammni tashkil etgan.

U endi graf Dambarton maqomini oladi va britan taxti uchun da'vogarlar ro‘yxatida yettinchi o‘rinda, u buvasi — shahzoda Charlz, amakisi — shahzoda Uilyam, uning farzandlari — shahzoda Jorj, malika Sharlotta va shahzoda Lui, otasi — shahzoda Harridan keyin.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq hozircha shahzoda atalmaydi, u britan fuqaroligini oladi, shu bilan birgalikda onasi AQSh fuqarosi ekani hisobga olinsa, Amerika fuqaroligiga da'vo qilishi mumkin.

Shahzoda Harri tug‘ruq vaqtida rafiqasining yonida bo‘lgan. Ayni vaqtda Megan Markl o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Ko‘p ehtimol bilan bolaga qarashda Meganning onasi — Doriya Regland yordam berishi kutilmoqda.U keyingi vaqtlarda Los-Anjyelesda bolaga qarash kurslariga qatnayotgandi.

Mavzuga oid