Jahon | 16:38 / 10.05.2019
4364
1 daqiqa o‘qiladi

Mexikoda 2020 yildan plastik paketlardan foydalanish taqiqlandi

Foto: Flickr

Mexiko shahri kongressi 2020 yildan plastik paketlardan foydalanishni taqiqladi.

Qattiq chiqindilar to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, ko‘rsatilgan muddatdan boshlab plastik paketlarni sotish, tarqatish va foydalanish taqiqlanadi. Shu bilan birga, 2021 yil yanvaridan boshlab shaharda ichimlik ichishga mo‘ljallangan naychalar, bir marta ishlatiladigan plastik vilka, qoshiq va likoplardan foydalanish taqiqlanadi.

Shuningdek, plastik sharchalar, ovqat tashish uchun mo‘ljallangan bir martalik plastik konteynerlar va tarkibida plastik bo‘lgan tamponlar ham taqiq ostiga tushdi.

Meksika anchadan buyon kundalik hayotda plastik buyumlardan foydalanishga qarshi kurashib keladi. Xususan, mamlakatda bioparchalanuvchi xomashyodan tayyorlangan bir martalik chiqindi paketlari hamda avokado danaklaridan tayyorlangan bir martalik idishlardan keng foydalaniladi.

Mavzuga oid