Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda tankerlar portlagani haqidagi xabar rad etildi
OAVda BAAning Fujayra amirligi portida bir nechta neft tankeri portlagani haqidagi ma'lumot haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda mahalliy hokimiyat matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, portda kemalar qatnovi odatdagidek amalga oshirilmoqda, tankerlarda yong‘inlar qayd qilinmagan.
Amirlik hukumati aniq va ishonchli rasmiy manbalarga tayanishga chaqirgan.
Avvalroq Livanning Al Mayadeen kanali manbasi Fujayra portida bir nechta tanker portlaganini ma'lum qilgan. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, 7 tadan 10 tagacha tanker olov bilan qamrab olingan.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026