Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQShga “boshga zarba berish” bilan tahdid qildi
Eron Vashington unga qarshi biror kuch harakatlari amalga oshirsa, AQSh “boshiga zarba” beradi. Bu haqda Islom inqilobi soqchilari korpusi brigada generali Amir-Ali Hojizoda aytib o‘tdi, deb xabar berdi Al Arabia telekanali.
“Agar amerikaliklar o‘z qadamini amalga oshirsa, biz ularning boshiga zarba beramiz”, deb aytgan harbiy.
Hojizodaning ta'kidlashicha, AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy mavjudligi jiddiy xavf solgan edi, biroq endi “bu xavf zarba berish imkoniyatiga aylandi”.
Bir hafta avval AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton AQSh Eron sohillariga “Avraam Linkoln” aviatashuvchi kemasini va bombardimonchi samolyotlar guruhini yuborayotganini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, bu “Eron tuzumiga AQShning manfaatlariga har qanday hujum qaqshatqich kuch bilan qarshi olinishiga yaqqol signal” bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026