Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azar «Chelsi» muxlislari bilan xayrlashdi. U jamoadan ketishini tasdiqladi
«Chelsi» yarimhimoyachisi Eden Azar APLning so‘nggi turi doirasidagi «Lester»ga qarshi o‘yindan so‘ng tribunalarga yaqin borib, jamoa muxlislari bilan xayrlashdi.
U o‘yindan keyin jurnalistlar savollariga bergan javobida yozda boshqa klubga ketishini tasdiqlagan.
– «Chelsi»ning Chempionlar ligasiga chiqqani sizni shu klubda qolishga ko‘ndira oladimi?
– Yo‘q, bunday deb o‘ylamayman. Gap shundaki, men qaror qabul qilib bo‘lganman.
– Vaziyat qanday kechmoqda?
– Men hali kutyapman.
– O‘z qaroringiz haqida klubga aytdingizmi?
– Ha, bir necha hafta oldin. Jamoadoshlarim ham xabardor. Men bir to‘xtamga kelib bo‘lganman, lekin bu faqatgina menga bog‘liq emas. Hali finalda o‘ynashimiz kerak, shundan so‘ng ko‘ramiz.
– Masala mavsum yakuniga qadar hal bo‘lishini istarmidingiz?
– Ha, yo‘q demasdim, lekin bunday bo‘lgani yo‘q. Men ham xuddi siz va muxlislar kabi kutmoqdaman. Hech qachon, hech qachon diqqatim bo‘lingani yo‘q. Maydonda ekanimda qo‘limdan kelgancha eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishga intilaman. Bu vaziyat meni chalg‘itmayapti. Men faqat o‘yinlarda g‘alaba qozonishga harakat qilyapman.
Hope this isn’t Hazard saying goodbe #CFC pic.twitter.com/1sJkLLILzm
— Alexander Ford (@alexander_ford7) May 12, 2019
Ma'lumot uchun, «Real»ga o‘tishi kutilayotgan belgiyalik futolchi bu mavsum APLning 37ta turida qatnashib, 16ta gol urdi va 15ta golga assistentlik qildi.
Mavzuga oid
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
14:08 / 13.04.2026
«Siti» «Chelsi»ni yirik hisobda yengdi
21:21 / 16.03.2026
«Chelsi» Abramovich davridagi qoidabuzarliklar uchun 10 mln funt jarimaga tortildi
10:59 / 15.03.2026