Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIV: Yaponiyaga jo‘natmagan firibgar ushlandi
Illyustrativ foto
2019 yil 9 may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tuman IIBga hujjatlar tushgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Unda shu yil 4 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 28 yoshli B.D. Yusuf Xos Xojib ko‘chasida Samarqand viloyatida yashovchi 23 yoshli M.R.ni Yaponiyaga ishga jo‘natishni aytib, uni aldab ishonchiga kirib, 6 220 AQSh dollari va 4 500 000 so‘m pullarini olib, shu kunga qadar bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida B.D. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:34 / 06.02.2026
Muhojir yoshlar qopqonga tushmoqda - ularga tuzoq qo‘yganlar soyada ovni davom ettirmoqda
15:09 / 05.02.2026
Firibgarlikda ayblangan shaxs Interpol orqali BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
16:46 / 02.02.2026
Bank mansabdori 120 ming dollar kredit chiqarib, qimorga tikib yubordi
12:03 / 02.02.2026