Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiyning inauguratsiya sanasi aniq bo‘ldi
Foto: RIA Novosti / Stringer
Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyning inauguratsiya marosimi 20 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Oliy rada majlisida ushbu qarorni 315 nafar parlament a'zosi qo‘llab-quvvatladi.
Zelenskiyning o‘zi qasamyod marosimi 19 may kuni o‘tkazilishini talab qilayotgandi. Uning fikricha, amaldagi hukumat uni Oliy radani qonunchilikda belgilangan muddatda tarqatib yuborish huquqidan mahrum qilish uchun inauguratsiya kunini ortga surishga urinmoqda.
Ammo ushbu sanani faqatgina 207 deputat qo‘llab-quvvatladi. Aksariyat parlament a'zolari Ukrainada 19 may siyosiy qatag‘onlar qurbonlarini xotirlash kuni bo‘lgani bois bu sanaga qarshi chiqishdi.
Inauguratsiya saylov natijalar rasman e'lon qilinganidan so‘ng 30 kun ichida, ya'ni 3 iyungacha o‘tkazilishi lozim.
Mavzuga oid
11:00 / 03.11.2025
Zelenskiy Germaniyaga Patriot majmualari uchun minnatdorlik bildirdi
10:49 / 25.10.2025
Zelenskiy: RF neft sektoriga bosimni kengaytirish kerak
08:23 / 25.10.2025
Dmitriyev: Zelenskiy urushni tugatish sari katta qadam qo‘ydi
13:35 / 24.10.2025