Jahon | 07:55 / 17.05.2019
10243
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Turkiya bilan imtiyozli savdo tartibini bekor qildi

Foto: Reuters/Yuri Gripas

AQSh prezidenti Donald Tramp 17 maydan Turkiya bilan imtiyozli savdo tartibini bekor qiladi. Bu haqda Trampning kongressga yo‘llagan bildirish xatida aytilgan.

“Men uning [Turkiyaning] iqtisodiy rivojlanishi darajasiga asoslanib, Turkiya bilan rivojlanayotgan-retsipiyent maqomini 17 maydan tugatish kerakligiga qaror qildim”, deyilgan xabarda.

Tramp Turkiya bilan imtiyozli tartibni mart oyida yagona tarif imtiyozlari tizimiga (GSP) asoslanib bekor qilmoqchiligini ma'lum qilgan, biroq ayni vaqtgacha ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagandi. 

O‘shanda Tramp ta'kidlaganidek, oxirgi 45 yil ichida Turkiya GSP bo‘yicha imtiyozlar olgan, uning iqtisodiyoti kuchli darajada o‘sgan va diversifikatsiyalashgan, aholi jon boshiga daromad darajasi oshgan, nochorlik darajasi pasaygan.

Trampning ushbu qarori Turkiya mahsulotlarining AQShga eksportiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.

Mavzuga oid