O‘zbekiston | 14:07 / 18.05.2019
19936
2 daqiqa o‘qiladi

Bosh vazir qabulxonalari 1 iyundan ish boshlaydi

Akmalxon Ortiqov/Foto: Xalqaro press-klub

Xalqaro press klubda «O‘zbekistonda tadbirkorlarning hukumat bilan muloqotining yangi formati" mavzusida anjuman bo‘lib o‘tmoqda. Unda tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha bosh vazir qabulxonalarining ishga tushish muddatlari ma'lum qilindi, deya xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri Akmalxon Ortiqovning bayon etishicha, tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha bosh vazir qabulxonalari joriy yilning 1 iyunidan ish boshlaydi. 15 iyun sanasidan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ma'lumotlarni jamlovchi elektron baza ish boshlaydi. 

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning qayd etishicha, bu qabulxonalarda murojaatlarning ko‘rib chiqish muddati odatdagidan farq qiladi. Ya'ni yo‘naltirilishi kerak bo‘lgan har bir masala 2 kunda, mazmun jihatdan ko‘rib chiqiladigan murojaatlar esa 7 kun ichida ko‘rib chiqilishi belgilangan.

Bosh vazir zarurat tug‘ilganda chet ellik investorlarni shaxsan yoki videokonferensaloqa tarzida qabul qilishi ham mumkin.

Mavzuga oid