O‘zbekiston va Tojikiston yuridik ravishda strategik hamkorga aylandi
2019 yilning 17 may kuni Dushanbe shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning hamda mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Vazirlar 2019 yildagi qo‘shma tadbirlarning jadvali va kun tartibini ko‘rib chiqdilar.
Muzokaralar so‘ngida Vazirlar Toshkent shahrida 2018 yil 17 avgustda ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi Shartnomaning ratifikatsiya yorliqlari bilan almashish Protokoliga qo‘l qo‘ydilar.
Shartnomaning 16-moddasiga binoan hujjat 2019 yilning 17 may kuni kuchga kirdi.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024