Özbekiston delegatsiyasi Duşanbe şahrida böladigan tadbirlarda iştirok etadi, deb xabar qilmoqda Taşqi işlar vazirligi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov boşçiligidagi delegatsiya 2019 yilning 17-18 may kunlari Duşanbe şahriga taşrif buyuradi.
Delegatsiya u yerda «Terrorizm va uni moliyalaştiriş asoslari, xususan narkotiklarning noqonuniy aylanişi va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik» mavzusidagi yuqori darajali konferensiyada va «Markaziy Osiyo – Yaponiya» muloqoti taşqi işlar vazirlarining 7-majlisida iştirok etadi.
Duşanbe şahrida mazkur tadbirlarda iştirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uçraşuvlar ötkaziş ham rejalaştirilgan, deyiladi xabarda.












