Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘lda yuz bergan avtohalokatda ikki kishi halok bo‘ldi
Illyustrativ foto
2019 yil 17 may kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi S.J. “Kobalt” rusumli avtomashinani Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanining Chamanzor mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lida haydab ketayotib, shu yo‘nalishda oldinda texnik nosozligi sababli to‘xtab turgan fuqaro Sh.G. boshqaruvidagi “MAZ-509A” rusumli yuk avtomashinasining yarim tirkama bortiga urilib to‘qnashuv sodir etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada “Kobalt” avtomashinasi yo‘lovchilari, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashagan Z.M. ismli ayol va Termiz tumanida yashagan S.X. jarohat olib voqea joyida vafot etganlar.
Shuningdek, “Kobalt” avtomashinasi haydovchisi S.J. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va uning yana 2 nafar yo‘lovchisiga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026