Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi prezident saylovlarida amaldagi prezident g‘olib bo‘ldi
Indoneziyaning amaldagi prezidenti Joko Vidodo mamlakatda o‘tgan prezident saylovlarida g‘alaba qozondi va ikkinchi muddatga prezident bo‘lib qoladi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Vidodo 55,5 foiz ovoz to‘plagan. Uning yagona raqibi – muxolif nomzod Prabovo Subiantoga 44,5 foiz ovoz berilgan.
Subianto natijalar e'lon qilingunga qadar saylovlarning mustaqil tekshirilishini talab qilgan. Uning jamoasi baholashicha, kamida 73 mingta saylov uchastkasida saylov jarayoni qoidalari buzilgan, 6,7 mln ovoz beruvchi saylovda ishtirok etishga taklif qilinmagan.
Indoneziyada umumiy saylovlar 17 aprelda bo‘lib o‘tgandi. Fuqarolar prezident, parlament deputatlari, mahalliy deputatlarni saylashgan. Saylovda 193 mln ovoz beruvchidan 80 foizi qatnashgan. Butun mamlakat bo‘ylab 813 mingdan ko‘proq saylov uchastkasi faoliyat yuritgan.
Ta'kidlanishicha, Subianto uch kun ichida saylov natijalari bo‘yicha konstitutsiyaviy sudga shikoyat qilishi mumkin. Agar uning vakillari oliy sud organiga shu muddat ichida murojaat qilmasalar, unda 24 may kuni Vidodo 2019-2024 yillarga prezident etib e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026
YeI ilk bor uchinchi davlatlar portlariga sanksiya qo‘llashni ko‘rib chiqmoqda
19:34 / 11.01.2026