Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nepallik sherpa Everestga 24 marta ko‘tarilib, jahon rekordini yangiladi
Nepallik sherpa Kami Rita dunyodagi eng baland cho‘qqi - Everest tog‘ini (8848 metr) - 24 marta zabt etib, yangi jahon rekordi o‘rnatdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Uning ma'lumotlariga qaraganda, 49 yoshli alpinist shu tarzda 15 may kungi o‘z rekordini yangiladi. 1994 yilda u bu toqqa birinchi marta chiqdi va so‘nggi 25 yil ichida Everestga 24 marta ko‘tarildi, deya ta'kidlaydi telekanal.
Sherpaning o‘zi hayotida dunyodagi eng murakkab va xavfli cho‘qqilarning aksariyatini, shu jumladan, Kanchenjunga (8586 m), Cho-Oy (8188 m), Lhotze (8156) va boshqalarni zabt etganini aytdi.
Eng yuksak cho‘qqiga birinchi marta ko‘tarilish 1953 yil 29 mayda sherpa Tensing Norgey va yangi zelandiyalik Edmund Hillari tomonidan amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
20:10 / 07.06.2026
6 kun Everestda yolg‘iz: yo‘qolgan alpinist mo‘jiza tufayli tirik qoldi va o‘zi pastga tushib keldi
22:44 / 23.04.2026
Everestdagi gidlar sayyohlarni zaharlash va firibgarlikda ayblanmoqda
10:16 / 28.03.2026
Nepal sobiq bosh vaziri hibsga olindi
12:13 / 13.12.2025