Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hududlarni baholashning reyting tizimi joriy etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Hududlarni baholashning reyting tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda qayd etilishicha, mamlakat tuman va shaharlariga mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb qilishda muhim omil hisoblanadigan mavjud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalarini davriy baholash tizimi, hududlarning xususiyati va o‘ziga xosligini to‘liq aks ettirish, ma'lumotlarni to‘plash va natijalarni zamonaviy usullar asosida chop etish yo‘nalishlarini takomillashtirilishi zarurati mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Tuman va shaharlarni tabiiy, iqlim, iqtisodiy salohiyatidan, mehnat resurslaridan va boshqa o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish jarayonlarini baholashning yagona tizimini joriy qilish maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari tasdiqlanishi mumkin.
Quyidagilar baholash ko‘rsatkichlarining eng muhim yo‘nalishlari sifatida belgilanadi:
aholi bandligini ta'minlash, raqobatbardosh mehnat resurslarini shakllantirish va inson kapitalini rivojlantirish;
aholi turmush darajasi va yashash sifatini yaxshilash;
aholi sog‘lig‘i muhofazasi va sog‘lom turmush tarzini ta'minlash;
mahalliy davlat hokimiyat organlarining aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi.
Bunda, eng muhim yo‘nalishlarga erishishni ta'minlash asoslari sifatida:
qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish;
hududiy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va sanoatlashtirish, tabiiy boyliklar va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlagan holda yuqori qiymatli mahsulot ishlab chiqarish;
xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish;
oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlash va qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash;
huquqbuzarliklarni fosh etish va profilaktika ishlari samaradorligi;
bank-moliya sohasini rivojlantirish;
davriy so‘rovnomalar o‘tkazish belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat statistika qo‘mitasining quyidagilarni nazarda tutuvchi, ya'ni baholash ko‘rsatkichlarini:
2019 yil yakuni bo‘yicha tahliliy ma'lumotlari asosida 2020 yildan boshlab eksperiment tariqasida amaliyotga joriy etish;
hisobot yili yakuni ma'lumotlari asosida yilda bir marta amalga oshirilishi va uning natijalari 1 martgacha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qilinishi;
tanlanma kuzatishning zamonaviy usullari asosida hisobot yili mobaynida tuman va shaharlar so‘rovnomalar o‘tkazish vazifasini Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi bilan birgalikda amalga oshirishi to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilishi mumkin.
Baholash ko‘rsatkichlarini jamlash va uning monitoringini yuritish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga yuklatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining takliflarini e'tiborga olgan holda baholash ko‘rsatkichlari va nizom talablari asosida tuman va shaharlarni baholashning reyting tizimi bo‘yicha “onlayn” dasturiy ta'minot ishlab chiqishni ta'minlaydi.
Bunda, Moliya vazirligi dasturiy ta'minotni ishlab chiqish va keyingi yillarda dasturiy ta'minot faoliyatini moliyalashtirish yuzasidan sarf-xarajatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablag‘lar ajratadi va 2020 yildan boshlab har yili zarur budjet mablag‘larini nazarda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari natijalarini yilida bir marta muhokama qilib boradi.
Mavzuga oid
20:55
O‘zbekiston bola huquqlari xalqaro reytingida 96-o‘rinni egalladi
08:30 / 24.06.2026
Mamlakatlar imiji reytingi: yetakchilar va autsayderlar ma’lum bo‘ldi
18:07 / 22.06.2026
Qozog‘iston universitetlari Markaziy Osiyoda eng yaxshi deb topildi
08:45 / 22.06.2026