Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«PSJ» Mbappening narxini belgiladi
«PSJ» Kilian Mbappe uchun 250 million yevrodan kam miqdordagi takliflarni ko‘rib chiqmaydi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, «PSJ» futbolchi bilan xayrlashishni istamaydi va shuning uchun unga juda yuqori narx belgilab qo‘ygan.
Bundan avvalroq klub futbolchi borasida bayonot bergan va unga ko‘ra parijliklar va Mbappening hamkorligi keyingi mavsumda ham davom etishi aytilgandi.
Yakunlangan mavsumda Mbappe barcha turnirlar doirasidagi 51 uchrashuvda maydonga tushib, 43 gol urdi va 5 golga uzatma berdi.
«Real» Kilian Mbappe atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
Xabar qilinishicha, Madriddagilar 20 yoshli fransuzning Fransiya chempionatida mavsumning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida aytgan so‘zlarini yaxshi baholashgan. Mbappe o‘shanda keyingi mavsumda boshqa jamoada to‘p surishi mumkinligiga ishora qilgandi.
Mavzuga oid
12:13 / 23.06.2026
JChda 12-kun. Messi rekordlar kitobini qaytadan yozmoqda, Fransiya o‘yinida 2 soatlik tanaffus
12:21 / 17.06.2026
JChda 6-kun. Messi va Mbappeda rekordlar, koreyslar bazasida mojaro, nemislar bazasida ilon
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
18:01 / 08.05.2026