Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Prado»ning xufiya joyiga yashirilgan gashish topildi
Giyohvandlikka qarshi kurashish va bu illatning zararli oqibatlarini bartaraf etish maqsadida bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.
Ammo, shunga qaramay, bu zararli illat orqali mo‘may daromad orttirish ilinjida bo‘lganlar hamon uchrab turibdi.
Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizga o‘zining “Toyota Land Cruiser Prado” rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaro A.Z. belgilangan tartibda “Klod” laqabli xizmat iti yordamida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, avtomobil havo filtrining ichki qismida 2,60 gramm to‘q ko‘k rangli, o‘tkir hidli “gashish” giyohvandlik moddasi yashirilgani aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
09:50 / 12.06.2026