Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura: noqonuniy dori vositalari saqlanuvchi «yama» aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod shahar bo‘limi tomonidan DXX shahar bo‘limi va Toshkent viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.X. o‘z xonadonida xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini noqonuniy ravishda muomalaga kiritishga mo‘ljallangan «yama» tashkil etganligi aniqlangan.
Xususan, ushbu «yama»da O‘zbekiston Respublikasi hududiga qonuniy olib kirilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 320 mln. so‘mlik dori vositalari hamda 84 kg «Latun» (rangli metall) parchalari saqlanayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat yuzasidan A.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 10.06.2026
Qariyb 900 mln so‘mlik sifatsiz va hujjatsiz dorilar aniqlandi
08:15 / 04.06.2026
2030-yillarda yangi tish o‘stiruvchi dori bozorga chiqishi mumkin
17:11 / 19.05.2026
Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
21:30 / 24.04.2026