Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenkoga qarshi yana bitta jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: RIA Novosti
Ukraina tergovlar davlat byurosi sobiq prezident Pyotr Poroshenkoga qarshi yana bitta ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda sobiq prezident Viktor Yanukovich ma'muriyatining boshlig‘i sobiq o‘rinbosari Andrey Portnov ma'lum qildi.
Bu safar Poroshenko “Kuznya na Ribalskom” zavodini sotishda 300 mln dollarlik jinoiy daromadni qonuniylashtirganlikda ayblandi.
Bu sobiq prezidentga qarshi uchinchi ish bo‘lib, 22 may kuni u “Tsentrenergo” korxonasida lavozimlarni taqsimlashda hokimiyat va xizmat mavqeini suiiste'mol qilishda gumonlanayotgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi.
Bundan bir kun avval esa Poroshenko Kerch bo‘g‘ozidagi voqea bilan bog‘liq holda davlatga xiyonatda ayblangandi.
Shuningdek, sobiq prezident boshqa bir jinoiy ish – Yevromaydan vaqtida odamlarning halok bo‘lishida guvoh sifatida o‘tmoqda.
Mavzuga oid
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
11:22 / 18.10.2025
Latviyada ukrainaliklarga tahdid qilgan shaxsga nisbatan jinoiy ish ochildi
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
23:44 / 05.03.2025