Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda fuqarolarning qariyb 220 mlrd so‘mlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi
Foto: KUN.UZ
Prezidentning 2018 yil 27 iyuldagi «Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ko‘plab tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi, deb xabar qilmoqda DSQ matbuot xizmati.
Xususan, Uchtepa tumanidagi 524 nafar fuqaro tadbirkor sifatida faoliyatini tikladi va ularning 39,3 mlrd. so‘mlik qarzlaridan voz kechildi.
Bildirilishicha, Olmazor tumanida ham turli sabablar bilan moliyaviy jarima qo‘llanilgan va faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan 229 nafar tadbirkor o‘z faoliyatini qayta tiklagan va ularning 80 mlrd. so‘m soliq qarzi hisobdan chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2018 yil 26 dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoniga asosan soliq qarzlarini hisobdan chiqarish muddati joriy yilning 1 iyuliga qadar uzaytirildi. Shu bois bugungi kunda Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan vaqtincha faoliyat yuritmay turgan yoki qayta ro‘yxatdan o‘tib tadbirkorligini davom ettirish ehtimoli mavjud soliq to‘lovchilarga xabarnomalar yuborilmoqda. Bundan tashqari, joylarga chiqqan holda fuqarolar bilan uchrashib, faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
Toshkent shahrida olib borilgan ishlar natijasida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan 1815 nafar fuqaroning 219,7 mlrd so‘m qat'iy belgilangan soliq va moliyaviy jarima bo‘yicha mavjud qarzi hisobdan chiqarildi.
“Hurmatli fuqarolar! Joriy yilning 1 iyuliga qadar tadbirkorlik faoliyatingizni tiklang va avvalgi faoliyatingiz uchun turli sabablarga ko‘ra moliyaviy jarima qo‘llanilgan bo‘lsa, hisobdan chiqarib, tadbirkorlikni davom ettiring!” - deyiladi DSQ xabarida.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026