Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya sohillari yaqinida 2 ta yuk kemasi to‘qnashib ketdi
Yaponiya sohilidan sharqda, Tinch okeanida 2 ta yapon yuk kemasi to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida 4 kishi bedarak yo‘qolgan, deb xabar berdi “Kiodo” nashri.
Voqea Inubosaki shahridan 12 km uzoqlikda mahalliy vaqt bilan 26 may tungi soat 2lar atrofida yuz bergan.
To‘qnashuv oqibatida yuk kemalardan biri cho‘kib ketgan. Cho‘kkan kema bortida 5 kishi bo‘lgan, ulardan 4 nafari bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati vakillari to‘qnashuv yuz bergan hududda kechasi quyuq tuman kuzatilganini ma'lum qilishgan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026