Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dmitriy Medvedev Toshkentga keladi. Uni Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi kutilmoqda
29-30 may kunlari Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga tashrif buyuradi va 30 may kuni Toshkentda Rossiya - O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmatiga tayangan holda TASS xabar bermoqda.
«Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya - O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning yig‘ilishini o‘tkazadilar, - deyiladi xabarda. - Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi rejalashtirilgan».
Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish mo‘ljallangan.
Bundan tashqari, tomonlar energetika, sanoat, transport, yuqori texnologiyalar va qishloq xo‘jaligida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qiladilar.
Tashrif doirasida turli sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar imzolanadi.
Mavzuga oid
11:00
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
10:30
Kiyev Rossiyaga qarshi dron hujumlarini kuchaytirishini ma’lum qildi
10:00
«Askarlar qiynoqqa solinmoqda, isyon bo‘lishi mumkin» - sobiq harbiy Putinga murojaat qildi
09:15