Jahon | 01:05 / 27.05.2019
16345
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi qurilish maydonchasida urush zamonlariga tegishli 25 ta snaryad topildi

Moskva shimolidagi qurilish maydonchasida Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi 25 ta artilleriya snaryadi topildi va utillashtirish uchun shahar tashqarisiga olib chiqib ketildi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi. 

“Leningrad shossesidagi 60-uy yonidagi qurilish maydonchasida dastlab urush zamonlaridagi snaryadga o‘xshash buyum topilgan. Voqea joyiga kelgan sapyorlar bu yerda yana 24 ta shunday snaryad topishgan”, deyilgan xabarda.

Barcha snaryadlar yo‘q qilinish uchun Moskva viloyatidagi poligonga olib chiqib ketilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid