Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada Poroshenkoga qarshi to‘rtinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenkoga qarshi to‘rtinchi jinoiy ish qo‘zg‘atildi, bu uning sud hokimiyatiga “zug‘um” o‘tkazishi bilan bog‘liq, deb xabar qildi Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ma'muriyati rahbarining sobiq o‘rinbosari, yurist Andrey Portnov.
Avvalroq Poroshenko Kerch bo‘g‘ozidagi voqea bilan bog‘liq ishda davlatga xiyonatda ayblangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Shuningdek, u “Kuznya na Ribalskom” zavodini sotishda 300 mln dollarlik jinoiy daromadni qonuniylashtirganlikda ayblanib, unga nisbatan yana bir jinoiy ish ochilgandi.
Bundan tashqari, tergov byurosi sobiq davlat rahbari ustidan uning "Pryamoy" telekanalini noqonuniy egallab olganligi to‘g‘risidagi arizani ro‘yxatga olgan.
Portnovning aytishicha, yana o‘nlab arizalar bo‘lib, hozircha asosiy e'tibor ro‘yxatga olingan to‘rtta jinoiy ishga qaratiladi.
Mavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026