Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonning ikki tumanida bosh soliqchilar o‘zgardi
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati
Ajiniyaz Mafurovich Xolmurodov Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar bermoqda.
A.Xolmurodov 1978 yilda Xo‘jayli tumanida tug‘ilgan. 2000 yili Qoraqalpoq iqtisodiyot va ishbilarmonlik kollejini, 2009 yili Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filialini tamomlagan. Soliq sohasidagi mehnat yo‘lini 2000 yili Xo‘jayli tumani davlat soliq inspeksiyasi Nazorat-inspektorilik ishlari bo‘yicha davlat soliq bosh inspektori lavozimidan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat soliq boshqarmasi Ichki audit bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Bundan tashqari, Anvar Otaxonovich Abdalov To‘rtko‘l tumani davlat soliq inspeksiyasi lavozimiga tayinlandi. U 1977 yili Ellikqal'a tumanida tug‘ilgan. 2000 yili Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan.
Soliq sohasidagi mehnat yo‘lini 2003 yili Ellikqal'a tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslar to‘lovlarining budjetga tushishini nazorat va tahlil qilish bo‘limi davlat soliq katta inspektori lavozimida ishlashdan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Ellikqal'a tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025