Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi anomal issiqlik qurbonlarga olib keldi
Yaponiyada yilning bu vaqti uchun xos bo‘lmagan anomal issiqlik o‘rnatildi. Butun mamlakat bo‘ylab 200 dan ko‘proq harorat rekordi qayd qilingan, ba'zi tumanlarda harorat anomaliyasi 17 darajani tashkil qilgan. Bunday harorat oqibatida o‘tgan hafta ichida 4 kishi halok bo‘lgan, 2053 kishini oftob urgan.
Ta'kidlanishicha, 532 kishi shifoxonaga yotqizilgan. 1475 kishi esa shifoxonalarga xavfsizroq alomatlar bilan yetkazilgan.
Eng yuqori havo harorati mamlakat shimolida qayd qilingan. 26 may kuni Xokkaydo orolidagi Saroma shahrida harorat 39,5 darajaga yetib, butun Yaponiyada ushbu oy uchun rekord issiq harorat bo‘lgan. Ob-havo mutaxassislarining ta'kidlashicha, bunday anomal harorat odatda bu hududda avgust oyida kuzatiladigan issiq havo oqimi sababli yuzaga kelgan.
Yaponiyada oxirgi yillarda yoz oylari tobora isib bormoqda. Jumladan, 2018 yil Yaponiyaning sharqiy qismidagi yoz 1946 yildan beri eng issig‘i bo‘ldi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026