O‘zbekiston | 12:45 / 30.05.2019
10706
3 daqiqa o‘qiladi

Bahorning so‘nggi kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 31 may kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18–20 daraja, kunduzi 33–35 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13–18 daraja iliq, kunduzi 25–30 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 30–35 daraja issiq bo‘ladi.

Samarqand viloyati. Havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 31–36 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 31–36 daraja issiq bo‘ladi.
 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17–22 daraja iliq, kunduzi 32–37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20 daraja iliq, kunduzi 31–36 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15–20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9–14 daraja iliq, kunduzi 22–27 daraja issiq bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid