Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes o‘lchash laboratoriyalarini tashkil etishga jalb qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 28.05.2019 yildagi 440-son qarori bilan 2019-2023 yillar davri uchun o‘lchashlar birligini ta'minlash Milliy tizimini rivojlantirish va takomillashtirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Konsepsiya:
• Xalqaro qonunchilik metrologiya tashkilotining (OIML) ko‘rsatma va tavsiyalarini hamda boshqa xalqaro talablarni hisobga olgan holda, o‘lchashlar birligini ta'minlash milliy tizimining kompleks huquqiy tartibga solinishini ta'minlash;
• metrologik faoliyat sub'yektlarining funksional vazifalari va mas'uliyat sohalarini aniq chegaralagan holda, o‘lchashlar birligini ta'minlash Milliy tizimining tuzilmasini takomillashtirish;
• O‘zbekiston etalon bazasini rivojlantirish, davlat metrologiya xizmatlari organlarining laboratoriyalarini ayniqsa, respublika hududlarida modernizatsiya qilish hisobiga iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlarining metrologik ta'minot darajasini oshirish;
• o‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish orqali mahalliy mahsulot sifatini va raqobatbardoshlikni oshirish uchun sharoit yaratish, xalqaro va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari bilan metrologiya bo‘yicha o‘zaro samarali hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish va kengaytirish. O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiyotga va o‘lchashlar birligini ta'minlash xalqaro tizimlariga teng huquqli sherik sifatida integratsiyalashuviga ko‘maklashish;
• kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha samarali tizim shakllantirish, o‘lchashlar birligini ta'minlash sohasida ilmiy faoliyatni rivojlantirish;
• metrologiya sohasida axborot texnologiyalarining qo‘llanishini kengaytirish hamda o‘lchashlar birligini ta'minlash tizimining ishlashini, shu jumladan bajarilayotgan ishlar va xizmatlarni axborotlashtirish hamda avtomatlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan.
Belgilangan maqsadlarga erishish uchun davlat-xususiy sheriklik shartlarida o‘lchash vositalarini kalibrlashni amalga oshiradigan, akkreditatsiyalangan yangi o‘lchash laboratoriyalarini, Metrologiya bo‘yicha ilmiy-texnik komissiyani tashkil etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” DK tizimida fizik konstantalar hamda modda va materiallar haqida standart axborot ma'lumotlar xizmati, shuningdek, putur yetkazmaydigan tekshiruv xizmati hamda vaqt va chastota xizmati tashkil etiladi.
Hujjat 29.05.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
15:30 / 12.12.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston yuqori texnologik diagnostik laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etmoqchi
09:21 / 22.11.2025
Toshkentda havo ifloslanishini aniqlash uchun maxsus mobil laboratoriyalar jalb etildi
08:34 / 05.09.2025
Britaniya O‘zbekistondagi laboratoriyalarni zamonaviy standartlarga moslashtiradi
18:51 / 16.08.2025