Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya O‘zbekistonga o‘z milliy loyihalarini ham eksport qilmoqchi
Foto: Aleksandr Miridonov / Kommersant'
30 may kuni Urganchda Rossiya va O‘zbekiston bosh vazirlari darajasida qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda «'».
Rossiya O‘zbekiston bilan iqtisodiy siyosatga bo‘lgan yondashuvlar bo‘yicha tajriba almashadi - ichki milliy loyihalar ishlanmalarini bo‘lishadi.
Rossiya hukumati milliy loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishning barcha bosqichlari bo‘yicha tajribasi bilan o‘rtoqlashmoqchi - maqsadli ko‘rsatkichlarni shakllantirish, Rossiya hamda O‘zbekiston hududida ularni amalga oshirish doirasida hamkorlik.
Rossiya Iqtisodiyot vazirligi rahbari Maksim Oreshkinning aniqlik kiritishicha, «Mehnat samaradorligi» milliy loyihasi sinov loyiha sifatida tanlangan - keyin barcha milliy loyihalar haqida so‘z yuritiladi. U o‘zbekistonlik hamkorlarga Moskva jiddiy niyatda ekanini bildirgan:
«Markaziy Osiyo mintaqasi AQSh uchun Xitoy bilan qarama-qarshilikda muhim ahamiyatga ega, Rossiya uchun esa - O‘zbekiston geosiyosiy o‘yindagi muhim qarta emas, balki loyihalar, iqtisodiyotni birgalikda rivojlantirish mumkin bo‘lgan chuqur va yaqin hamkor», - dedi Oreshkin.
Rossiya strategik sherik sifatida «ochilgan oynadan» faol foydalanmoqda - Dmitriy Medvedevning bildirishicha, Rossiyaning O‘zbekistonga kiritgan kapitallari jami 9 milliard dollarga baholanmoqda.
Mavzuga oid
22:02 / 05.12.2025
Qrim bir oyda «qulagandi», kichik Pokrovsk hamon «oyoqda»: 11 yilda nima o‘zgardi?
19:09 / 05.12.2025
Moskva meri migrantlardan norozi bo‘lganlarga qo‘lga supurgi olishni maslahat berdi
18:02 / 05.12.2025
O‘zbekiston 2024 yilda Rossiyadan 39 mln dollar qarz oldi
14:47 / 05.12.2025