O‘zbekiston | 12:25 / 03.06.2019
13804
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bolalar hayoti sifati reytingida nechanchi o‘rinni egalladi?

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistondagi bolalar hayoti sifati 98 pog‘onaga yaxshilandi. Save The Children xalqaro jamg‘armasi tomonidan tayyorlangan «Bolalik qachon tugaydi - 2019» (End of Childhood Index) reytingida mamlakat 72-o‘rinni egalladi.

Dunyo mamlakatlari reytingda 1 balldan 1000 balgacha bo‘lgan darajada baholandi. Mualliflar bolalikning erta tugashiga olib keladigan omillarni hisobga oladi - masalan, bolalar o‘limi, voyaga yetmagan shaxslar nikohi, bolalar mehnati va erta homiladorlik.

Birinchi o‘rinni Singapur egalladi. Shuningdek, ilk o‘nlikdan Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Sloveniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Janubiy Koreya va Belgiya joy oldi.

MDHning boshqa davlatlari orasida Qozog‘iston 40-o‘rinda, Ukraina - 42, Tojikiston - 90, Turkmaniston - 67, Qirg‘iziston - 94 va Rossiya 38-o‘rinda qayd etildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid