Jamiyat | 21:59 / 03.06.2019
17178
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi pichoqlandi

Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosi pichoq tig‘idan olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

O‘zbekistonning Turkiyadagi bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga ko‘ra, 31 may kuni Istanbul shahrining Chekmekoy dahasida yuzaga kelgan mojaro natijasida 1988 yil 29 aprelida Namangan viloyatida tug‘ilgan Odiljon Ahmadjonovich Hamzayev pichoqda yetkazilgan jarohat oqibatida halok bo‘lgan.

«Marhumning qarindoshiga jasadni O‘zbekistonga yuborish masalasini yechish bo‘yicha konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan hodisa yuzasidan tekshiruv-tergov tadbirlari olib borilmoqda, gumonlanuvchi sifatida O‘zbekiston fuqarosi Sh.S qo‘lga olingan», - deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona mazkur masalani nazoratga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid